Skip to content
Artwork for GASHTAK
EducationSelf-ImprovementBusinessCareers

GASHTAK

Otabek Nuritdinov

Global O'zbekistonliklar podcasti. Maqsadimiz dunyo o'zbeklarga havas qilsin!

Instagram: https://www.instagram.com/gashtak.uk/

YouTube: https://www.youtube.com/@Gashtak

Hamkorlarimiz:

Moneff: https://www.moneff.com/

Cappadocia Walton: https://www.cappadociawalton.co.uk/

Play
  • 20 episodes
  • Avg 1 hr 19 min
  • English
  • August 6 · 1 hr 59 min

    Siz yashay olmagan hayotni undan talab qilmang - Aziz Rahimov

    🎙️Gashtak podkasti yangi mehmoni - tadbirkor, “Rahimov School” asoschisi, Aziz Rahimov. Shifokorlikdan ta'lim sohasiga o'tish, kasb tanlashdagi katta qarorlar, ota-onalarning farzand kelajagidagi o'rni va zamonaviy ta'lim haqida ochiq hamda samimiy suhbat. Suhbat mavzularidan: Shifokorlikdan ta'limga o'tish sababi nima? Ota-ona orzusini bolaga yuklash Chet elda farzand tarbiyasi va diasporlar Rahimov maktablari ichki tizimi O'zbekistonga qanday mutaxassislar kerak? Ijod, kundalik yozish va o'z-o'zini anglash Maktabni sotish taklifi va meros

  • July 12 · 51 min

    1,5 yilda - boshqa odam! - Islom Khalikov

    Yangi Sog'lom Gashtak mehmoni - bir vaqtlar 135 kg og'irlikda bo'lgan Islom Xalikov, "Temir Intizom" orqali bugungi kunda o'z hayotini butunlay o'zgartirib, minglab odamlarni ilhomlantirib kelmoqda. Podkast mavzularidan: 135kg → 85kg transformatsiya Ovqatlanish sportdan ko'ra muhimroq O'zgarish, qarorlar va jamiyat bosimi Sog'lom turmush tarzining cho'ntakka ta'siri Intizomni shakllantirish uchun amaliy maslahatlar Suhbatni do'stlaringizga ulashishni va izohda o'z fikrlaringizni yozishni unutmang! Kanalga obuna bo'ling va yangi suhbatlarni birinchilardan bo'lib ko'ring!

  • July 3 · 51 min

    Sahroda tirik qolish uchun 270 km! Sog’lom Gashtak

    Sog‘lom Gashtakning navbatdagi sonida Sahro qiyinchiliklarini yengib o‘tgan yurtdoshimiz Farhod Furkatov bilan suhbatlashdik. Bu yugurish ortida 8 ta o‘zbek yigitini birlashtirgan buyuk bir maqsad - "Ezgu Amal" fondi orqali onkologik kasallik bilan kurashayotgan bolajonlar hayotini saqlab qolish missiyasi turgan edi. Podkast mavzularidan: Sahroda 270km yugurish muhiti va tayyorgarlik jarayonlari "Ezgu amal" xayriya fondi loyihasi "Shu narsa senga kerakmidi?" degan ichki fikrlar Jamoaviy qo‘llab-quvvatlash va "8 ta yurak" birdamligi jismoniy hamda psixologik farqlar qiyinchiliklar

  • July 3 · 1 hr 16 min

    Siyosatchilarga rahmim kelmaydi - Ibrat Safo

    Podkastimizning yangi sonida - BBC O'zbek Xizmati (bbc.com/uzbek) Ibrat Safo bilan jurnalistika sohasidagi 20 yillik tajriba, Vatan, shaxsiy xavf, muhim qarorlar va boshqa qiziq mavzularda gashtaklashdik. Suhbat davomida: Jurnalistlar hukumat uchun xavfmi? Internet zamonida jurnalistikaning o’rni Diktatura, demokratiya va BBC O'zbekistondagi jurnalistlarga bosim Shaxsiy qarorlar va tajribalari haqida bilib oling

  • July 3 · 1 hr 21 min

    Hayot o’zgarmaydi, SIZ o’zgarasiz - Hasan Mamasaidov

    Podkast mavzularidan: Tadbirkorlikka kirib kelish va dastlabki tajribalar Ichki senzura va siyosiy cheklovlar Sherik va jamoa tanlashdagi qarorlar Marketing va zamonaviy yondashuvlar Shaxsiy prinsiplar va kompromislar balansi haqida

  • April 12 · 1 hr 41 min

    Investorlar nimaga qarab pul beradi? - Behzod Hoshimov

    🎙 #Gashtak podkast Yangi suhbat mehmoni - Behzod Hoshimov. Bu sonimizda investorlar aslida nimaga qarab qaror qabul qilishi, nega ba’zi startaplar pul olishi-yu, boshqalari e’tibordan chetda qolishi, jamiyatlardagi revolutsiya va diktatura haqida gaplashdik. Bu podkastda oddiy javoblar emas, balki o‘ylashga majbur qiladigan fikrlar berildi.

  • April 4 · 1 hr 19 min

    Mas’ullar ekologik muammolarga qarashmayapti - Urikguli

    Suhbat mavzularidan: • Nega kattalarni o‘zgartirish qiyin? • Ekologiyani yaxshilashga xalq tayyor emasmi? • Bolalar orqali jamiyatni o‘zgartirish • O’tmish va hozirgi qadriyatlar • Chiqindilar qanday qilib iqtisod va sog‘liqqa ta’sir qiladi • Oddiy odam nima qila oladi?

  • March 24 · 1 hr 47 min

    Sardor Salyamov - Eng QIYIN o'zgarish tajribasi

    Sog‘lom Gashtak yangi soni! Bu safar siz tanigan “Nma Gap” podcasti boshlovchisi Sardor Salyamov studiyamiz mehmoni bo‘ldi. Bu epizod oddiy sport haqida emas. Unda zararli hayot tarzidan intizomga o‘tish, yugurishda topiladigan haqiqiy zavq va inson o‘zini qachon hamda qanday o‘zgartirishi mumkinligi haqida gashtaklashdik. Shuningdek, suhbatda: - Kayfushalikdan chiqib, yangi hayot boshlash - Yugurishdagi “kayf” qanday bo‘ladi? - Ironman darajasiga chiqish: tayyorgarlik va qiyinchiliklar - O‘zini aldash va ichki qarorlar - Sport orqali hayotni o‘zgartirish mumkinmi? va boshqa qiziqarli mavzularni topishingiz mumkin.

  • March 18 · 1 hr 22 min

    "Reklama faqat BOSHLANISHI" - Malik Karimov Gashtak Podkastida

    Gashtak mikrofoni oldida Malik Karimov - "Korzinka" supermarketlarining marketing bo‘yicha direktori. Suhbat davomida: Marketingning asl vazifasi Biznes reja, brend qurish va raqobat Davlat sektorida ishlash foydalari Yugurish va ommaviy tadbirlardagi tajribalari haqida gashtaklashdik. 📊 Agar siz marketing, biznes yoki brend strategiyasiga qiziqsangiz - bu suhbat aynan siz uchun. Tomosha qiling, yaqinlaringizga ulashing va fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! ✅

  • March 9 · 2 hr 26 min

    Nega o'zbeklar O'Z TILIDA GAPIRMAYDI?

    🎙 #Gashtak podkast Podkastimiz yangi mehmoni Nicholas Kontovas - Oxford Universitetida o'zbek tili mutaxassisi, tilshunos, tadqiqotchi. Asosan Markaziy Osiyo va turkiy tillar, xususan o‘zbek, uyg‘ur va turk tillari tarixi hamda madaniy muhit mavzularida ish olib boruvchi olim. Suhbatda u o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishi, uni qanday o‘rganganligi, til va millat o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida fikrlarini bildirdi. Shuningdek, ko'rsatuv davomida: O‘zbek tilini o‘rganish sabablari O‘zbeklarning o‘z tiliga munosabati O‘zbek tilining kelajagi Oxford kutubxonalariga tashrif Alisher Navoiyning asl qo'l yozmalari 7 ta tilni o'rganish va boshqa qiziq jarayonlarni ko'ring. Suhbatni to'liq tomosha qiling, izohlarda fikrlaringizni yozib, o'zbek tilimiz rivojiga o'z hissangizni qo'shing!

  • February 21 · 55 min

    Sportga “QARAM” bo‘lib qolasiz! | Sog’lom Gashtak

    5 yil oldin bu masofa imkonsiz tuyulardi. Bugun esa 250 km sahro, bir oroldan ikkinchi orolgacha suzib o’tishni ortda qoldirgan havaskor sportchi va tadbirkorlar Shavkat Musinov va Farhod Furkatovlar studiyamiz mehmoni bo’ldilar. Podkastda sport qanday qilib hayot, ish samaradorligi va ruhiy holatni o‘zgartirishi o’zgarish uchun 21-kunlik challenge haqida gashtaklashdik. Sog‘lom Gashtak - faqatgina sport haqida emas, asta-sekin o’zgarish haqida! Suhbatda: 250 km sahro tajribasi Ish samaradorligi va sport Endorfin va biologik mexanizm Qaror qabul qilish mas’uliyati va boshqa mavzularni tinglang va katta o’zgarishlarga kichik qadam qo’ying! To’liq suhbatni tomosha qiling. Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring va yaqinlaringizga ulashing. Instagram: / gashtak.podcast Telegram: https://t.me/hashtag_gashtak Hamkorlarimiz: Moneff: www.moneff.com Cappadocia Walton: www.cappadociawalton.co.uk DeepenWell: https://deepen.uz Ochiqlama: Podcast - ochiq plarforma va bu yerda turli xil fikrlar va qarashlar erkin ifoda etilishiga harakat qilinadi. Bu yerda mehmonlar bildirgan fikrlar podcast boshlovchilari yoki homiylarning qarashlaridan farqli bo’lishi mumkin. Boshlovchilar va homiylar mehmonlar bildirgan fikrlarga javobgar emas.

  • February 8 · 1 hr 22 min

    Xususiy universitetlarda diplom sotiladimi? | Umidjon Ishmukhamedov Gashtakda

    “Millat Umidi” Universiteti asoschisi Umidjon Ishmukhamedov bilan ochiq suhbat. Podkast diplom masalasidan boshlab, ta’lim va biznesdagi real holatlar, rahbarlikdagi mas’uliyat, xatolar va shaxsiy insight’lar haqida. Ko’rsatuvda: Universitet “Millat Umidi” deb nomalanishi, nega gap faqat diplomda emasligi, ta’lim va biznes qanday bog‘langani, omadga tayanish xato bo‘lishi, jamoa nega oila emasligi, xato qilishning me’yori qanchaligi haqida gaplashdik.

  • February 3 · 49 min

    Sog’ligingizni oxiriga qoldirmang! | Boshqacha Gashtak

    Boshqacha Gashtak Yangi soni! Bu safar suhbat davomida sport, sog‘liq, kundalik odatlar va inson hayotidagi eng kerakli mavzularda gashtaklashdik. Ko’rsatuvdan siz: Sog‘lom yashash haqiqatan qimmatmi yoki bu faqat noto‘g‘ri gaplarmi? Sport hamma uchun bir xil ishlaydimi? Nega ko‘p odam sportdan qochadi va o‘z sog‘lig‘ini doim oxiriga qoldiradi? Shu va boshqa savollarga berilgan javoblarni bilib olasiz. Agar sog‘lig‘ingizga “keyinroq” deb yuradigan bo‘lsangiz, yoki sportni boshlashda ikkilanayotgan bo’lsangiz - bu son aynan siz uchun. To’liq tomosha qiling, sog’lom bo’ling va yaqinlaringizga ulashing!

  • January 25 · 30 min

    Iqtisodiy burilish nuqtasi yaqinmi? | Gashtak tahlil

    2025-yil iqtisodi qanday o’tdi va 2026-yilda qanday bo’ladi? Yangi Gashtak tahlil sonimizda yil davomida yuz bergan eng muhim iqtisodiy voqealarni, global qarorlarning mahalliy bozorga ta’sirini va 2026 yil uchun real prognozlarni muhokama qildik. Suhbatda so‘m kursi, inflyatsiya, AQSH foiz stavkalari, reytinglar va O‘zbekiston iqtisodidagi muammolar tahlil qilindi. Agar siz: - iqtisodda nima bo‘layotganini tushunmoqchi bo‘lsangiz, - 2026-yilga tayyor bo‘lishni istasangiz, - global jarayonlarning bizga qanday ta’sir qilishini bilmoqchi bo‘lsangiz, - iqtisodiy savodxonligingizni oshirishni xohlasangiz, bu suhbat aynan siz uchun! To’liq tomosha qiling, tahlil qiling, xulosa chiqaring va yaqinlaringizga ulashishni unutmang! Instagram: https://www.instagram.com/gashtak.podcast Telegram: https://t.me/hashtag_gashtak Hamkorlarimiz: Moneff: www.moneff.com Cappadocia Walton: www.cappadociawalton.co.uk Infrasia Capital: infrasia.co.uk Finasia Capital: finasia.co.uk Ochiqlama: Podcast - ochiq plarforma va bu yerda turli xil fikrlar va qarashlar erkin ifoda etilishiga harakat qilinadi. Bu yerda mehmonlar bildirgan fikrlar podcast boshlovchilari yoki homiylarning qarashlaridan farqli bo’lishi mumkin. Boshlovchilar va homiylar mehmonlar bildirgan fikrlarga javobgar emas.

  • January 17 · 57 min

    IT bilmasdan bot yaratish | bosqichma-bosqich Boshqacha Gashtakda

    ⚡️Boshqacha #Gashtak! Dasturlashni bilmasdan turib, Telegram’da ishlaydigan moliyaviy yordamchi bot yaratdik. To’liq videoda g’oyadan boshlab, butun jarayon va yakuniy natijani ko’ring! Ko’rsatuv davomida: - Nega aynan moliyaviy bot - Sun’iy intellektdan real foydalanish - Kodsiz bot yaratish - Telegram bot bilan ishlash - Ovozli xabarni matnga aylantirish - ChatGPT va Gemini yordamida kod yozish va boshqa foydali ma’lumotlarni oling. Qo’shimcha manbaa - Farhod Saydullayev kanali: https://www.youtube.com/@farkhod To’liq YouTube kanalimizda tomosha qiling! IT’ga qiziqadigan tanishlaringizga ulashing va albatta bizga obuna bo’ling!

  • Dec 29, 2025 · 1 hr 33 min

    Tarixiy haqiqatlar, urushlar va jamiyat | Sherzod Mo’minov Gashtak Podkastida

    Tarix nafaqat fakt, balki kelajakda ro’y berishi mumkin bo’lgan hodisalarni talqin qilish vositasi hamdir, deydi bu safargi suhbatimiz mehmoni - tarixchi Sherzod Mo’minov. Shuningdek, podcastda: - tarix nega kerak va kimlar uchun - o’tmishdagi urushlar tarixi - tarix takrorlanadimi yoki yo‘q - davlatlar tarixdan qanday foydalanadi - ta’lim, AI va kelajakdagi tarix fani mavzularida gashtaklashdik. To‘liq podkastni tomosha qiling! Izohlarda fikrlaringizni bildiring va yaqinlaringizga ulashing! Instagram: https://www.instagram.com/gashtak.uk/ Telegram: https://t.me/hashtag_gashtak Sherzod Mo’minov Twitteri: https://x.com/msherzodm?s=21 Telegram kanali: https://t.me/profsherzod Kitob tavsiyasi: Margaret Atwood - The Handmaid’s Tale https://amzn.to/3N3Jikp Oryx and Crake https://amzn.to/44Kj8t7 Cormac McCarthy - The Road https://amzn.to/49st3pQ John Darwin - After Tamerlane: The Rise and Fall of Global Empires, 1400-2000 https://amzn.to/4jdD4KO Hamkorlarimiz: Moneff: www.moneff.com Cappadocia Walton: www.cappadociawalton.co.uk Ochiqlama: Podcast - ochiq plarforma va bu yerda turli xil fikrlar va qarashlar erkin ifoda etilishiga harakat qilinadi. Bu yerda mehmonlar bildirgan fikrlar podcast boshlovchilari yoki homiylarning qarashlaridan farqli bo’lishi mumkin. Boshlovchilar va homiylar mehmonlar bildirgan fikrlarga javobgar emas.

  • Dec 22, 2025 · 1 hr 14 min

    Havo yomonlashmoqda - Sababi biz o‘ylagandek emas | Yangi Gashtak tahlil

    Kechagi qarorlar - bugungi muammolarga sabab bo’lmoqdami? Yangi Gashtak tahlilda ekologiya, energetika va iqtisodiy siyosat kelajakda bizni qayerga olib borishi muhokama qilindi. Suhbatda: - Hozirgi energetika holati - Narxlar va byudjet bosimi - Prognozlar qanchalik real - Nega tizimli islohotlar zarur - Nima uchun bu jarayon tez yakunlanmasligi va boshqa dolzarb mavzular tahlil qilindi. To’liq tahlilni tomosha qiling. Bizga obuna bo’ling va iqtisodiy savodxonligingizni oshiring! Instagram: https://www.instagram.com/gashtak.uk/ Telegram: https://t.me/hashtag_gashtak Hamkorlarimiz: Moneff: www.moneff.com Cappadocia Walton: www.cappadociawalton.co.uk Infrasia Capital: infrasia.co.uk Finasia Capital: finasia.co.uk

  • Dec 6, 2025 · 1 hr 26 min

    Nega faqat kasal bo‘lganda, sog’liqqa qaraymiz? | Farhod Furqatov Gashtak podcastda

    Farhod Furqatov - 1 yilda 5 marta IRONMAN bo’lgan rekordsmen, korporativ ofislardan startup maydoniga o’tgan va sportni hayot mavzuniga aylantirgan tadbirkor ushbu podkast sonimiz mehmoni. Suhbat davomida: - IRONMAN ortidagi hayotiy saboqlar - Sportning foyda–xavf balansi - Ish, oila va shaxsiy maqsadlar orasidagi muvozanat - O’zbekistonga qaytish va mentalitetga o’rganish - Korporativdan startup’ga o‘tish va umumiy biznes tajribasi - Akfa, 1Fit, Deepen loyihalardagi asosiy darslar va boshqa qiziq mavzularda gashtaklashdik. To‘liq podkastni tomosha qiling, yaqinlaringizga ulashing, fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! Kitob tavsiyasi: David Goggins - Can’t Hurt Me [https://amzn.to/4oyAY9u] Instagram: https://www.instagram.com/gashtak.uk/ Telegram: https://t.me/hashtag_gashtak Hamkorlarimiz: Moneff: www.moneff.com Cappadocia Walton: www.cappadociawalton.co.uk

  • Nov 26, 2025 · 1 hr 3 min

    Davlat rahbarlari bilan ishlash tajribasi | Mukhiddin A Lee Gashtak podcastda

    Mukhiddin ALee - to‘ylardan boshlab davlat sahnalari va xalqaro darajagacha yetib borgan fotograf. Suhbat davomida fotografiyaning kelajagi, ideal kadr, ijod va biznes balansi, hamda davlat rahbarlari bilan ishlash jarayonidan to AI davridagi fotograf roligacha bo‘lgan mavzular yoritildi. Suhbat mavzularidan: - Muvaffaqqiyatli yo’l boshi - Fotografiya so’zsiz habar - Yaxshi kadrning ichki mexanizmi - Fotografiya orqali manipulyatsiya qilish xavfi - va mas’uliyat o‘rtasidagi balans - AI fotografiyani o‘zgartirishi - Davlat rahbarlari bilan ishlash madaniyati va nozik jihatlari Shular va boshqa qiziq mavzularni to‘liq podkastda tomosha qiling va yaqinlaringizga ulashing! Kitob tavsiyasi: https://amzn.to/44q41EV Instagram: https://www.instagram.com/gashtak.uk/ Telegram: https://t.me/hashtag_gashtak Hamkorlarimiz: Moneff: www.moneff.com Cappadocia Walton: www.cappadociawalton.co.uk Ochiqlama: Podcast - ochiq plarforma va bu yerda turli xil fikrlar va qarashlar erkin ifoda etilishiga harakat qilinadi. Bu yerda mehmonlar bildirgan fikrlar podcast boshlovchilari yoki homiylarning qarashlaridan farqli bo’lishi mumkin. Boshlovchilar va homiylar mehmonlar bildirgan fikrlarga javobgar emas.

Showing 1–20 of 20 episodes